Yetkazib berish shartlari Kuryer orqali yetkazib berish rasmiylashtirilganda, sizning buyurtmangiz saytga ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan manzilga yetkaziladi. Katta hajmli texnika 2-qavat va undan yuqori qavatlarga olib chiqish uchun alohida to‘lov talab etiladi. Buyurtma berishdan oldin kol-markazimizga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz — ular sizga kerakli qavatgacha yetkazish narxini hisoblab berishadi. Katta o‘lchamli trenajyorlarni o‘rnatish, montaj qilish va sozlash xizmatlari ham alohida to‘lanadi. Buyurtma berilgandan so‘ng operatorimiz siz bilan albatta bog‘lanib, barcha tafsilotlarni kelishib oladi. Shuningdek, buyurtma rasmiylashtirish paytida izoh qoldirishingiz mumkin. Tafsilotlarni aniqlashtirish uchun call-markaz, elektron pochta yoki Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin. Agar yetkazib berish manzilini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, +998 (55) 518-02-20 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, mahsulot kodi, sana, summa va yangi manzilni ma’lum qiling. Buyurtma rasmiylashtirilgandan keyin 1 soat ichida manzilni o‘zgartirish mumkin. Bizning internet-do‘konimizda buyurtmani olishning bir nechta usullari mavjud:
Toshkent bo‘ylab: Internet-do‘kon ish kunlarida buyurtma tasdiqlangandan so‘ng 18 soat ichida mahsulotni yetkazib berishga majbur. Dam olish kunlarida yetkazib berish 48 soatgacha cho‘zilishi mumkin. 600 000 so‘mdan yuqori xaridlar uchun yetkazib berish bepul. 600 000 so‘mdan past buyurtmalar uchun yetkazib berish narxi 30 000 so‘m.
Viloyatlar bo‘ylab:Viloyatlar uchun standart yetkazib berish va “kuryer markazlaridan olib ketish” (tezroq yetkazib beriladi) imkoniyati mavjud. Kuryer xizmatlari buyurtmangizni uy yoki ofisgacha 3 ish kuni ichida yetkazadi. Kuryer markazlariga yetkazib berish muddati 2 ish kuni. Toshkent viloyatiga yetkazib berish qo‘shimcha to‘lov asosida amalga oshiriladi. Narxni aniqlash uchun Telegram orqali aniq geolokatsiyangizni yuborishingiz kerak. Masofa hisoblangandan so‘ng menejerlar sizga yetkazib berish narxini aytishadi. “Kuryer xizmatlari nuqtasidan olib ketish” tanlansa, mahsulotni ish kuni davomida soat 09:00 dan 18:00 gacha belgilangan manzildan olib ketishingiz mumkin. Yo‘lda ba’zi favqulodda holatlar (masalan, mashina buzilishi) yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda kuryer sizni oldindan ogohlantiradi va buyurtma imkon qadar tez yetkaziladi.
Eslatma:Agar yetkazib berish manzilida kirish cheklovlari (propusk tizimi, pullik parkovka va boshqalar) mavjud bo‘lsa, ularni mijoz o‘zi hal qilishi kerak. Aks holda, yetkazib berish ushbu cheklovli hududgacha amalga oshiriladi. Viloyatlarga yetkazib berish O‘zbekiston Pochtasi, Fargo Express va BTS Express orqali amalga oshiriladi. Ushbu xizmatlar bayram kunlarida ishlamaydi, shuning uchun rasmiy dam olish kunlarida kichik kechikishlar bo‘lishi mumkin.
Biz mahsulotlarni butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. Toshkent bo‘ylab yetkazib berish 1–2 kun ichida, viloyatlarga esa 3–5 kun ichida amalga oshiriladi. Yetkazib berish narxi hudud va mahsulot og‘irligiga qarab alohida hisoblanadi. 2 000 000 so‘mdan yuqori buyurtmalar uchun yetkazib berish bepul.
Ha, barcha massaj qurilmalariga modeliga qarab 12 oydan 24 oygacha rasmiy ishlab chiqaruvchi kafolati taqdim etiladi. Kafolat xizmati mamlakat bo‘ylab avtorizatsiyalangan servis markazlarida amalga oshiriladi.
Mahsulot ishlatilmagan va original qadoqlanishi saqlangan bo‘lsa, uni qabul qilib olgan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarishingiz mumkin. Pul mablag‘lari 5–7 ish kuni ichida qaytariladi.
Biz naqd pul orqali, Uzcard va Humo bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilamiz. Shuningdek, 12 oygacha ortiqcha to‘lovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Onlayn to‘lovlar to‘liq xavfsiz va himoyalangan.
Mijozlar fikrlari
Rasuljon
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
Yaxshikan ishlatishvotti uydagilar o'zbek tilisini topishga azgina qiynaldik keyin toffoldik muammolar bo'lmadi ozimizga uyda foydalanishga olgan edik ishlashlarida muammolar yoq mazza
Sotuvchini muomilalariga 10 baho ozimiz uchun oganmiz yetkazib o'rnatib berishda muammolar bo'madi vashe tez express bo'gan 1 soat ichida yetib keldi ishlashlaridan shikoyat yoq faqatgina misol uchun yo man chunmayamman yoki ozi shunaqami hamma massaj turlari bir hil qvotganga oxshidi
Sotuvchilar foydali ma'lumot berishdi, do'konilaga borib korib oganman hammsini sotuvchilaga 10 baho, ota onamga sovg'a uchun oludim, kresloda muammo yoq yoshim 21da brendilaga ishonaman silani brendila yoqadi manga.
Massjorni ozimiz uchun oyimlaga ob berudim ishlashlaridan 100% mamnunman dastavkadanam muammolar bo'madi hammasi joyida voxtida kegan ishlashlaridan muammolar bo'madi azgina 1-2 ta ovozlari chiqdi vrode qorqinchilik emas massaj qilishiga ta'siri bomayabdi
Mamnunman yasxhi yetkazib berishti muammo va shikoyatlar bo'lmadi oilaviy dam olish uchun xarid qilganmiz, mana bugun yana sizlardan begavoy pg-555 va velotrenajyor b90 va yana mayda chudalar etgan edik bugun kechgacha keladi diyishti
Sotuvchi yasxhi 10 ball beraman, kresloni adamlaga olib bergan edim salomatliklari va dam olish uchun yetkazib o'rnatib berishda xam muammolar bo'lgani yo'q,ishlashidan shikoyatlar yo'q azgina qattimroq massaj qilar ekan adamlaga yoqvotti shunaqa qattimroq massaj qilishi.
Sotuvchi yasxhi ma'lumotlar bergani uchun sotvoldik u bergan ma'lumotlarni baholsh kerak bo'lsa baho yetmaydi ochig'i ota onam uchun sotib olgan edim yetkazib o'rnatib berishda muammolar bo'madi foydalanganda muammolar yoq hammasi yasxhi
Sotuvchi yaxshi ekan xammasini yaxshi chuntirib berdi dadamni salomatligi uchun harid qilgan edim ishlashidan muammolar bomayapti yoshim 38da ozim ham ishlatib turaman
Sotuvhi bergan ma'lumotlari chunalik uchun xarid qilgan edim otammi oyoqlari orib turar edi onamlarniyam ancha yoshlari otib qolgan ushanchun har doimam oldilarida bolomimiz shuning uchun olgan edim yetkazib o'rnatib berish davrida muammolar bo'lmadi ishlashlarida muammolar yoq azgina chunvoguncha qiynalashdi azgina